13:53 / 25.08.2018
4 700

Soliqlardan qochishning yana bir “sxemasi” fosh etildi

Солиқлардан қочишнинг яна бир "схемаси" фош этилди
Soliqlardan qochishning keng foydalanilayotgan yana bir “sxemasi” fosh etildi, deb xabar bermoqda Davlat soliq qoʻmitasining matbuot xizmati.

Soliq kodeksining 22-moddasiga muvofiq, dividendlar yuridik shaxs tomonidan uning muassislari oʻrtasida taqsimlanadigan sof foydaning yoki oʻtgan yillardagi taqsimlanmagan foydaning bir qismi hisoblanadi.

Aniqlanishicha, 2015-2017 yillarda 1 223 ta korxona taqsimlanadigan sof foydasi boʻlmasada 270,1 mlrd soʻmlik mablagʻlarini dividend koʻrinishida hisob raqamlaridan noqonuniy toʻlab bergan. Buning natijasida davlat byudjetiga 36 mlrd soʻm soliqlar tushmagan.

Foydasi yoʻq yoki zarar bilan ishlayotgan yuridik shaxsning dividend deb toʻlab bergan mablagʻi jismoniy shaxslarga moddiy naf deb baholanib, jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkasida, agar yuridik shaxslarga toʻlangan boʻlsa, ularning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib soliqqa tortilishi shart edi.

Masalan, xususiy korxona egasi foydasi yoʻq yoki balansida zarar boʻlgani holda 50 mln soʻm mablagʻini dividend toʻlovi deb 10 foiz stavkada soliq toʻlab hisob raqamidan olgan boʻlsa, Soliq kodeksi talabida 22,5 foiz stavkada 11,2 mln soʻm soliq toʻlashi lozim edi.

Xoʻjalik subyektlarining moliyaviy hisobotlariga tayanib, soliq organlari Soliq kodeksining 38-moddasi asosida oxirgi 5 yilda toʻlangan dividend toʻlovlarini soliqqa tortilishini kameral nazoratdan oʻtkazmoqda.

Soliq toʻlovchilar Soliq kodeksining 31-moddasi talabida soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda yoʻl qoʻygan xatolarini mustaqil ravishda tuzatish huquqiga egalar.

Xabaringiz bor, Prezidentning 2018 yil 29 iyundagi PF-5468-sonli farmoni bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab dividend soligʻi stavkasi ikki marotabaga kamaytirilib, 10 foizdan 5 foizga tushirilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliqlardan qochishning yana bir “sxemasi” fosh etildi