08:02 / 27.08.2018
4 674

Foyda soligʻi boʻyicha hisobot shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi

Foyda soligʻi boʻyicha hisobot shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (2018 yil 20 avgustda 2439−6-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan soliq hisobotining shakllariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha barcha hisobot shakllaridan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻiga taalluqli koʻrsatkichlar chiqarib tashlandi. Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 1 yanvardan eʼtiboran ushbu soliqlar bitta foyda soligʻiga birlashtirilgan.

Soliq solinadigan baza va foyda soligʻi summasi ikkita summa bilan aks ettiriladi:

- 2018 yil I choragi uchun alohida;

- qolgan summa.

Bu I chorakda soliq boʻyicha quyidagi imtiyozlar amal qilgani bilan bogʻliq, ular II chorakdan boshlab bekor qilingan:

- yuridik shaxsdan olinib, uning ustav kapitaliga yoʻnaltirilgan dividendlar boʻyicha;

- mahalliylashtirish loyihalari boʻyicha;

- eksport qiluvchi korxonalar uchun soliq stavkasini pasaytirish boʻyicha.

9 va 12-ilovalar faqat 2018 yil I choragi uchun toʻldiriladi va butun soliq davri mobaynida oʻzgartirishsiz qoldiriladi.

Foyda soligʻi hisob-kitobiga 3-ilova (ilgari — 2-ilova) «Chegirilmaydigan xarajatlar"ga oʻzgartirish kiritildi, sababi ilgari chegirilmaydigan deb hisoblangan soliq toʻlovchining ayrim xarajatlari 2018 yil 1 yanvardan boshlab chegiriladiganlar sirasiga kiritildi. Masalan:

- yordamchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqariladigan va soliq toʻlovchining umumiy ovqatlanish ehtiyojlari uchun beriladigan tovarlar boʻyicha narxdagi farqlar (zararlar);

- xoʻjalik boshqaruvi organini saqlash uchun ajratmalar;

- birgina hisobot davrida bir martadan ortiq oʻtkaziladigan yillik moliyaviy hisobot auditini oʻtkazish xarajatlari;

- soliq toʻlovchi faoliyatida talabgir boʻlmagan kasblar boʻyicha kadrlarni tayyorlash xarajatlari;

- pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir yoʻla toʻlanadigan nafaqalar;

- ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil etish tadbirlariga xarajatlar;

- shaharlar va posyolkalarni obodonlashtirish ishlarini bajarishga xarajatlar;

- toʻliq eskirgan, foydalanishda boʻlgan asbob-uskuna uchun toʻlov;

- ishonchli boshqaruvchi xizmatlari qiymatiga haq toʻlash xarajatlari.

Foyda soligʻi hisob-kitobiga yangi 14-ilova — “Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining qoʻshimcha summasining hisob-kitob-maʼlumotnomasi” qoʻshimcha qilindi. Uni asosiy faoliyat turi avtomobil transportida yuk tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish hisoblangan yuridik shaxslar toʻldiradi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, soliq solish tizimidan qatʼi nazar, bitta transport vositasiga hisoblaganda ushbu korxonalar tomonidan toʻlanayotgan soliqlar va maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarning jami miqdori yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu faoliyat turi boʻyicha toʻlayotgan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmasligi kerak (2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorning 8-bandi).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Foyda soligʻi boʻyicha hisobot shakllariga oʻzgartirishlar kiritildi