Rossiya 2018 yil oxiriga qadar Oʻzbekiston rejalashtirilgan neft hajmini eksport qiladi. Bu transport tizimining oʻtkazish imkoniyati bilan bogʻliq muammolarga qaramasdan yuz beradi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Odil Temirov maʼlum qildi.
“Yetkazib berish ishlari davom etyapti. Biz 700 ming tonna neft va neft mahsulotlarini import qildik. Neft xomashyosini import qilish rejasiga amal qilmoqdamiz. Yil oxirigacha biz oʻz oldimizga qoʻygan vazifalar bor, ular bajariladi”, - dedi Temirov. Rais oʻrinbosari Rossiya yil oxirigacha yetkazib berishi mumkin boʻlgan xomashyoni aniq hajmlarini maʼlum qilmadi.
Avvalroq, Rossiya energetika vaziri sobiq oʻrinbosari Kirill Molodsov “Gazprom neft” kelgusi yilda Oʻzbekistonga 1 million tonna neft yetkazib berish imkoniyatlarini oʻrganib chiqayotgani, biroq barchasi transport tizimining samaradorligiga bogʻliq ekani haqida xabar bergan edi.
Oʻzbekistonga neft yetkazib berish boʻyicha hukumatlararo bitim muhokamasi ham oxirgi bosqichda turibdi. Temirov muzokaralar jarayoni haqida hech qanday izoh bermadi.
Rossiya Federatsiyasi Yoqilgʻi-energetika kompleksining Markaziy dispetcherlik idorasi maʼlumotlariga koʻra, 2017 yilda Oʻzbekistonga Rossiya neftining eksporti 68,2 ming tonnani, 2018 yil yanvar-aprel oylarida - 36 ming tonnani tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, 2017 yil aprel oyida prezident Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi chogʻida Oʻzbekistonga 500 ming tonna Rossiya neftini yetkazib berish boʻyicha ikki tomonlama memorandum imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!