19:44 / 04.10.2018
5 425

Endi banklar ham mikroqarz beradi

Endi banklar ham mikroqarz beradi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, banklar endilikda mikroqarz berish bank operatsiyasini amalga oshiradigan boʻldi.

Endilikda litsenziya talab etadigan faoliyat turlari uchun litsenziyaning amal qilishi muddati cheklanmagan holda beriladi. Qonunchilikda litsenziyaning muddati cheklanishi mumkin, lekin bu muddat besh yildan kam boʻlmasligi lozim.

Shuningdek, kiritilgan oʻzgartishlarga koʻra aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat koʻrsatish, audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

Mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish shartnomalari boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash taqiqlanadi.

Endilikda bojxona brokeri sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.

Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalar tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqish uchun tovarni qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslarini vakolatli organ bilan kelishish, Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazmasligi haqida vakolatli organning xulosasini olish talabi bekor qilindi.

Bundan tashqari bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning malaka attestati bekor qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Endi banklar ham mikroqarz beradi