12:27 / 05.10.2018
12 332

Dollarga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi!

Dollarga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi!
Suriya, Ukrainadagi voqealar, AQSHning Xitoy va YEI bilan savdo urushi, Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kiritish ortida, jahon iqtisodiyotini dollardan xoli qilish haqidagi xabarlar koʻrinmay qolmoqda, deb yozadi kolumnisti Aleksandr Rudkovskiy. Rossiya hukumati dollardan voz kechish rejasini tayyorlamoqda – OAV Rossiya VTB direktori Andreya Kostina hamda Yevropa komissiyasi raisi Jana-Kloda Yunkera birin ketin iqtisodni dollardan xoli qilish va oʻzaro hisob kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishga chaqiruvchi nutqlar soʻzlashdi deb yozadi Sputnik.

Agar Rossiya va Xitoy boshlagan dollardan voz kechish siyosati Yevropa Ittifoqi tomonidan qoʻllab-quvvatlansa – bu dollar uchun juda qaqshatqich zarba boʻladi. Yevropa Ittifoqi nafaqat eng yirik sanoat ittifoqi balkim jahon texnologik yetakchisidir.

Neft va dollar

Neftni – “qora oltin” deb atashlari bejiz emas, chunki neftsiz,odamzotning bugungi texnologik rivojlanish darajasida, hech bir iqtisod rivojlana olmaydi. Xullas, neft har bir davlat rivojlanishi uchun kerak boʻlgan muhim tovar.

Neftning qiymati doimo dollarda belgilanadi. Shuning uchun neft sotib olmoqchi boʻlgan davlat avval dollar xarid qilishi yoki ishlab topishi kerak.

Xoʻsh agar neft dollarga emas rubl, yuan yoki yevroda sotila boshlasachi? Unda dollarning qadri keskin tushib ketish ehtimoli juda katta. Aynan shu sababga koʻra bugun neft bozorida dollarning taqdiri hal boʻlmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Neft - dollar tizimining paydo boʻlishi

Keling, bir zumga 1967 yilga qaytaylik. AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va qurollangan Isroil 6 kunlik urush davomida arab davlatlari koalitsiyasini yengib, oʻz hududini 4 baravarga kengaytirib olgan edi.

Isroil arab davlatlari koalitsiyasidan Sharqiy Ierusalim, Iordan daryosining gʻarbiy qirgʻogʻi, Sinay yarim oroli va Golan tepaliklarini tortib olgan edi. Bu albatta arab davlatlariga gʻururiga berilgan qaqshatqich zarba boʻldi.

Bunga javoban dunyoning asosiy neft eksportchilari (arab davlatlari) 1973 yilda neft narxini 70 %ga oshirishga va AQSHga nisbatan neft eksportiga mutlaq embarga qoʻyish haqida eʼlon qilishdi. Dunyoda neft krizisi sodir boʻldi.

Lekin AQSH va uning hamkorlari ham anoyilardan emas edi. Ular ushbu vaziyatdan mohirlik bilan oʻz foydalariga ishlatishga muvaffaq boʻlishdi. Dastlab qoʻli uzun amerikaliklar jahon yetakchi OAVlari orqali Saudiya Arabistoni va OPЕKni “zambarak oʻqiga” tutishdi. Ular arablarning ushbu qarorini butun insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat, deb eʼlon qilishdi.

Biroz vaqt oʻtib, qudratli armiyaga ega boʻlgan AQSH neftga boy arab davlatlari rahbarlari hamda OPЕKka toʻgʻridan-toʻgʻri ultimatum qoʻyishdi – bizning shartlarimizga rozi boʻlasan yoki yer bilan yakson qilamiz degan,maʼnoda.

AQSH shartlari esa quyidagilardan iborat edi: neftni faqat dollar hisobiga sotish va olingan daromadning bir qismini AQSHning qimmatli qogʻozlariga kiritish. Buning evaziga AQSH Saudiya Arabistoniga hujum qilmaslik (!!!), hamda neft konlari va qirol oilasini himoya qilishga vaʼda berar edi.

Bundan soʻng esa AQSH va Angliyaning Fors Koʻrfazidagi taʼsiri keskin kuchaydi. Ular arab davlatlari hamda OPЕK rahbarlarini birin-ketin “qoʻlga kiritishga” muvaffaq boʻlishdi. 1975 yilda OPЕK neftni faqat dollar evaziga sotishga rozi boʻldi. Yaʼni dunyoning bir chekkasida qazib olingan tabiiy boylik, butunlay boshqa mamlakat valyutasi evaziga sotiladigan boʻldi. Ana shunday qilib, dollar jahon valyutasi boʻlishi uchun mustahkam asos yaratildi.

SSSRning xatosi

SSSRda 1975 yilda sodir boʻlgan ushbu voqeaga uncha katta eʼtibor berilmadi, lekin keyinchalik bu jahon tarixiga ulkan taʼsir koʻrsatdi. Oʻshanda jahonda yetakchi mamlakatlardan biri boʻlgan SSSR noqulay iqtisodiy sharoitga tushib qolgan edi, lekin u buni hali bilmasdi.

Endi dunyo mamlakatlariga faqat dollar kerak edi, jumladan SSSRga ham. Dollar bosib chiqaruvchi stanok egasi boʻlgan AQSH undan istalgancha oʻz ehtiyojlari uchun foydalanishi mumkin edi. Ustiga ustak, neftdan olinayotgan daromadning bir qismi, Saudiya Arabistoni majburiy sotib olayotgan obligatsiyalar koʻrinishida, toʻgʻri AQSH hamyoniga borib tushar edi.

Rossiya AQSHning sobiq SSSR davlatlaridagi tibbiy-biologik faolligidan tashvishlanmoqda. Agar oʻshanda SSSR buning oqibatlarini tushunib yetganida, va dollar ekspansiyasini cheklashga harakat qilganida, tarixiy vaziyat, balkim, butunlay boshqacha rivojlanar edi.

Xullas, ushbu vaziyatda AQSH SSSR rahbariyatidan kerakli kishilarni pora evaziga sotib olgan degan taxmin ham yoʻq emas. Axir SSSR AQSHning 1969 yilda “oyga tushgani” haqidagi xabarning mutlaq yolgʻonligini bila turib, hech narsa demagan-ku! Nima boʻlganda ham oʻshanda SSSR kapitalizm iqtisodini muqarrar inqirozdan asrab qolgan edi.

Va buning evaziga 1986 yilda SSSR neft narxining keskin tushib ketishiga – barreliga 6 dollargacha, duch keladi va oʻzi iqtisodiy inqirozga uchraydi. Bularning hammasi juda gʻalati holatda yuz berdi. 27 dollardan sotilayotgan neft, hech qanday obyektiv sabablarsiz bir yarim yil yilda 6 dollarga tushib qolishi taajubli hol edi. Buni faqat sunʼiy ravishda yirik neft eksportchilari va “dollar egalari”ning qoʻli bilan amalga oshirilii mumkin edi…

Shundan soʻng SSSRda qayta qurish boshlanadi, undan keyin nima boʻlgani esa hammaga maʼlum. Agar SSSR 1975 yilda esa oʻzini dollar ekspansiyadan himoya qilganda, balkim bunday boʻlmasdi…

AQSH iqtisodining muvaffaqiyat formulasi

Oxirgi 25 yilda AQSH iqtisodiyoti keskin oʻzgardi desak xato boʻlmaydi. Butun 20 asr davomida turli sohalarda yetakchi boʻlgan AQSH, 1990 yillardan boshlab ishlab chiqarishning koʻplab turlarini chet ellraga olib chiqa boshladi. Amerikada butunlay bushab qolgan shaharlar paydo boʻldi.

Bugungi kunda iqtisodning koʻplab sohalarda AQSHning yetakchiligi yoʻqolgan desak xato boʻlmaydi. Lekin shunga qaramasdan dollarning kuchi hali ham zoʻr. Xoʻsh, bu nimaning evaziga?

AQSH butun dunyo boʻylab oʻz manfaatlarini aviatashuvchilar yordamida himoya qilmoqda. Ular kuch evaziga butun dunyoga oʻzlari istagan shartlarni qoʻymoqda.

Aynan shuning evaziga baʼzi davlatlar oʻzlarida stabil iqtisodiy vaziyatni saqlab qolish uchun milliardlab dollar evaziga AQSH obligatsiyalari va qimmatli qogʻozlarini, dollarni sotib olishmoqda. Oʻz mablagʻlarini dollarda saqlashmoqda. Hech narsa bilan taʼminlanmagan oddiy “qogʻoz” dollarlar haligacha odamlarga kerak.

Vaziyat oʻzgarmoqda

Bugungi kunda dollar oʻtirgan “taxt” avvalgidek mustahkam emas. Neft narxi neft qazib olayotgan mamlakatlar uchun juda muhim ahamiyatga ega. Nyu York birjasi ekspertlari har kuni dunyoda neft zahiralari oshib borayotgani haqidagi xabarlar asosida neft narxini tushirishga harakat qilishadi.

Ushbu maʼlumotni tekshirishning iloji yoʻq, lekin neft birjasida narx belgilash mexanizmi shunday tuzilgan va “ekspert”larning ana shunday prognozlari sababli neft narxi arzonlashadi.

Bu masalaning bir tomoni. Ikkinchi tomondan esa, aslida esa AQSHning “yakka hokimligi” barchaning joniga tekkan. “Demokratiya” shiori ostida AQSH boshqa mamlakatlarga nisbatan turli cheklov va sanksiyalar kiritishni, ularni jarimaga tortishni va oʻz ichki qonunlariga boʻy sunishga majbur qilishi – ularning real hayotdan uzilib qolganidan dalolat beradi va dushmanlarini koʻpaytiradi.

1989 yilda ana shunday sanksiyalar dastlab Xitoyga qarshi kiritilgan edi. Oʻshanda AQSH oʻz kompaniyalariga Xitoy bilan munosabatlarni toʻxtatish, barcha xalqaro kredit tashkilotlariga Xitoyga pul bermaslik va uni izolyatsiya qilishga harakat qilgan edi.

Eronga ham yadroviy dastur borasida kiritilgan sanksiyalar 2012 yildan boshlab Islom Respublkasining yuan va yevro evaziga neft sotishiga olib kelgan edi.

2014 yilda Rossiyaga qarshi oʻtkazilgan bosimlar oqibatida, Rossiya Xitoy, Eron va Yaponiyaga Rossiya nefti uchun iyena va yuanda toʻlashni taklif qildi.Shunday qilib Rossiya, Eron va Xitoydan iborat “uchburchak” neft dollariga qarshi kurashni boshlagan edi.

Dollardan qanday voz kechish mumkin?

Bugungi kunda Xitoy, Rossiya neftning bir qismini yuanda sotishmoqda. 2018 yilda Xitoy Osiyo hududida neft dollari oʻrniga “petroyuan” oʻlchov birligini kiritdi. Bu Osiyo hududida xom ashyo uchun kiritilgan birinchi “dollarsiz ekvivalent” boʻldi.

Dollarga qarshi kurash doirasida Rossiya oxirgi 10 yil davomida oʻzining xalqaro fondlarida oltin miqdorini 8 dan 80 milliard dollargacha oshirishga muvaffaq boʻldi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya AQSH obligatsiyalariga boʻlgan omonatlari sonini keskin kamaytirib bormoqda.

Bir necha vaqtdan beri Turkiya ham Rossiyadan oʻrnak olib xuddi shunday qilmoqda.

Yaqinda Rossiya VTB direktori Andrey Kostin eʼlon qilgan dollardan voz kechish strategiyasi gʻarbiy OAVlarda katta shov-shovlarga sabab boʻldi. Turkiya prezidenti Erdoʻgʻon Putinga dollardan voz kechishni taklif qildi Kostin bosqichma-bosqich ravishda qoʻshni davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarda dollar oʻrniga milliy valyutalardan foydalanishni nazarda tutadi.

Ikkinchi bosqichda esa xorijda joylashgan Rossiya korxonalarini Rossiya yurisdiksiyasiga qaytarish rejalashtirilgan.

Uchinchi bosqichda esa Yevropa obligatsiyalarini Rossiya fond birjalarida joylashtirish nazarda tutilgan.

Toʻrtinchi bosqichda – fond birjasida faoliyat yuritayotgan barcha ishtirokchilar uchun yagona tartib qoida oʻrnatish belgilangan.

Bularning hammasi faqat bir narsa uchun: Rossiya oʻz strategik mahsuloti – neft savdosida dollardan voz kechishga qaror qilgan.

Vaziyatning qiziq tomoni shundaki – Rossiyaning ushbu intilishlari Yevropa Ittifoqida ham oʻz aksini topmoqda. Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Yevrparlament oldida soʻzlagan nutqining asosiy mazmuni – dollarni dunyoning asosiy valyutasi maqomidan mahrum qilishdir.

Qoʻzgʻolon boshlandi

Esingizda boʻlsa, AQSH siyosatiga keskin qarshilik koʻrsatgan hamda dollar oʻrniga “oltin dinor” kiritish gʻoyasini taklif qilgan Liviya yetakchisi Muammar Qaddafi,Saddam Husayn, Slobodan Miloshevich ana shunday “demokratiya oʻrnatish” qurboni boʻlishdi. Ukraina prezidenti Viktor Yanukovich – zoʻrgʻa qochib qolgan edi.

Xitoy AQSH sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi

AQSH, albatta, Rossiya yoki Xitoy bilan bunday yoʻl tuta olmaydi. Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodi, Rossiya – eng kuchli armiyalaridan biriga ega boʻlgan ulkan kuchlardir. Kelajakda ushbu Ittifoqqa Yevropa ham qoʻshilish ehtimoli bor. Bu esa dunyodagi kuchlar balansini keskin oʻzgartiradi.

Bugungi kunda AQSH 20dan ortiq mamlakatlar bilan iqtisodiy kurash olib borayotganini esga olsak, dollarga qarshi kurashga qoʻshilishga tayyor mamlakatlar soni yanada koʻpayish ehtimoli aniq.

Angliya va AQSH dollar yakkahokimligini saqlab qolish uchun barcha ishni qilishga tayyor. Ular 20 asrda turli mamlakatlarga qarshi yashirin kurash olib borishning koʻplab yoʻllarini bilishiadi “opium urushlari”dan tortib “rangli inqiloblargacha”.

Bugungi kunda AQSH dollari dunyoning 70 % YAIMni ishlab chiqaruvchi mamlakatlar uchun asosiy valyuta sifatida foydalanilmoqda. Shuning uchun ham uni yengish oson boʻlmaydi.

Lekin dollarga qarshi qoʻzgʻolon boshlangani aniq. Uning qanday natija bilan yakunlanishi kurashchilarning gʻayratiga bogʻliq.

Hozircha kelajakda dunyo valyutasi sifatida Yevro yoki Yuan koʻproq tilga olinmoqda. Rubl ushbu vazifa uchun hozircha mos kelmaydi, lekin Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida yagona valyuta paydo boʻlsa – balkim mos kelishi mumkin boʻlar. Hozircha ushbu gʻoya hatto muhokama qilishdan ham yiroq, lekin kelajakda nima boʻlishini, axir hech kim bilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi!