07:31 / 08.10.2018
2 813

Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi

Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chogʻida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda “Turon24” xabar berdi.

“Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu prezident Mirziyoyev 8-9 oktyabr kunlari Parijga kelganida maʼlum boʻladi. 4 milliard yevro qiymatga ega shartnomalar imzolanishi kerak. Bularning katta qismi energetika sohasiga — Orano (sobiq Areva) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va sizning mamlakatingizda atom elektrostansiyasi qurilishi ehtimoliga bogʻliq. Bu kutilayotgan shartnomalardan biri”, deydi Dyupyui.

Uning aytishicha, Orano – uranni qazib chiqarishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasi boʻlib, yaqinda oʻtkazilgan izlanish va hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonda 230 ming tonna uran borligi aniqlangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan bugundan eʼtiboran 8-9 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Fransiyada boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Fransiyaga tashrif doirasida 4 mlrd. yevrolik shartnomalar imzolanadi