18:56 / 10.10.2018
3 931

Soliq tizimida eksperiment oʻtkaziladi

Soliq tizimida eksperiment oʻtkaziladi
Soliq tizimida elektron hisobvaraq-fakturalarni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.

Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, 2018 yil 15 oktyabrdan Chirchiq shahri, Navoiy va Sirdaryo viloyatida elektron hisobvaraq-fakturalarni majburiy tarzda rasmiylashtirishni joriy etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.

Eksperiment doirasida elektron hisobvaraq-fakturalar tovar-transport yukxatlari va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnoma vazifacini bajaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq tizimida eksperiment oʻtkaziladi