O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 16 oktyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 26,96 so‘mga qimmatlashgan va 1 dollar 8208,04 so‘mga yetgan.
1 yevro 63,08 so‘mga ko‘tarilib, 9490,14 so‘mni tashkil qildi.
1 Rossiya rubli 1,12 so‘mga o‘sdi va 1 rubl 123,85 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentyabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.
Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!