Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekiston Rossiya bilan hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishda hech qanday to‘siq ko‘rmayapti

  • 18 oktyabr 2018, 23:42
  • 2 006
  • Iqtisodiyot
  • Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekiston Rossiya bilan hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishda hech qanday to‘siq ko‘rmayapti
    Foto: «Podrobno»
    O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bugun, 18 oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Rossiya bilan hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishda hech qanday to‘siq ko‘rmayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

    «Milliy valyutada hisob-kitob qilish masalasi Rossiya hukumati tomonidan ko‘tarilmoqda. O‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutada qilish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayapmiz. Ba’zi mexanizmlarga urg‘u berildi, ularni ishlab chiqishimiz bilan biznesmenlarga taklif qila olamiz deb o‘ylayman. Bularning barchasi kun tartibida. Buning ustida ishlaymiz», — deya ta’kidladi Xo‘jayev O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikning I Forumida.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekiston Rossiya bilan hisob-kitoblarda milliy valyutaga o‘tishda hech qanday to‘siq ko‘rmayapti