13:04 / 19.10.2018
3 860

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27,1 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27,1 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi
18-19 oktyabr kunlarida RF prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan Toshkentda ikki tomon ishbilarmon doiralari ishtirokida «O‘zbekiston-Rossiya» hududlararo hamkorlik forumi o‘tkazilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston va Rossiyaning asosiy vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyatlar rahbarlari, RF guberniyalari rahbarlari hamda ikki mamlakatning yirik biznes vakillari ishtirok etdi.

«Biznes uchrashuvlari va seminarlar, to‘plangan tajriba almashinuvi va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokamasi natijalariga ko‘ra, umumiy qiymati 27,1 milliard dollarga teng 785ta ikki tomonlama bitimlar va memorandumlar imzolandi», – deyiladi O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi xabarida.

Xususan, savdo-iqtisodiy sohada 1,76 mlrd dollarlik 600 bitim, investitsiya sohasida 25,3 mlrd dollarlik 185 kelishuv imzolangan.

Erishilgan kelishuvlar evaziga O‘zbekiston va Rossiya vakillari ishtirokida 79ta qo‘shma korxona tashkil etiladi, 23ta yangi savdo uyi ochiladi va O‘zbekistonda 20ta ulgurji savdo markazlari tuziladi.

Shuningdek, tarmoqlar sohalardagi hamkorlik doirasida O‘zbekiston va Rossiya korxonalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik 242ta shartnoma va dollarlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 1,4 milliard 136ta shartnoma imzolangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27,1 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi