13:04 / 26.10.2018
3 084

Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi

Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi
Aholi fikriga asoslangan to‘lov tizimining brendini yaratish maqsadida, joriy yilning 24 sentyabr kuni Markaziy bank yangi tashkil etilayotgan to‘lov tizimining nomini aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qildi.

Tanlovning birinchi bosqichida 2,4 ming nafar fuqaro o‘z taklifini bildirdi. Ular orasidan eng ko‘p bildirilgan uchta nom – Humo, Adras va Anor tanlab olindi.

Tanlovning ikkinchi bosqichida, yuqorida keltirilgan uchta nomdan biriga ovoz berishda 4,0 mingga yaqin respondent ishtirok etdi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni 45,3% ovoz bilan «Humo» nomi egalladi.

Shu munosabat bilan tanlangan g‘olib «Humo» nomini hisobga olgan holda milliy chakana to‘lov tizimining brendini ishlab chiqish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Milliy to‘lov tizimiga «Humo» nomi berildi