23:50 / 30.10.2018
3 394

Dollar qadrining oshishi AQSh kompaniyalariga zarar yetkazishi mumkin

Dollar qadrining oshishi AQSh kompaniyalariga zarar yetkazishi mumkin
"AQSh dollarining boshqa valyutalarga nisbatan kuchayishi Amerika kompaniyalariga savdo urushidan-da ko‘proq zarar yetkazishi mumkin", – deya xabar bermoqda "CNN"ga tayanib Turon24.

Dollarning kuchayishi Amerika kompaniyalarining mahsulotlari narxi oshishiga sabab bo‘lmoqda. Natijada ko‘pchilik kompaniyalarning eksporti kamayib ketayapti.

Mamlakat ichki bozorida ham mahalliy kompaniyalarning mahsulotlari narxi balandligi bois raqobatda import qilingan arzon tovarlarga yutqazib qo‘ymoqda.

Dunyoning ikkinchi eng yirik o‘yinchoq ishlab chiqaruvchi kompaniyasi "Hasbro" vakillarining ta’kidlashicha, dollar kursining boshqa valyutalarga nisbatan balandligi tufayli kompaniya o‘tgan chorakda 30 mln AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rdi.

Aytib o‘tish joizki, AQSh dollari indeksi, ya’ni dollar xarid qobiliyatining boshqa yetakchi valyutalarga nisbati 2018 yilda 5 foiz o‘sdi.

Shveysariyaning "UBS" moliya xoldingi ekspertlarining fikricha, xitoy yuani savdo urushi sababli qadrsizlanishda davom etadi.

Rossiya hukumati esa dollar ta’sirini kamaytirish uchun o‘z iqtisodini dollardan xoli qilish bo‘yicha yangi loyiha tayyorlamoqda.

Dushanba kuni O‘zbekiston markaziy banki AQSh dollarining rasmiy kursini 11 so‘m oshirdi. Rasmiy kurs uch oydan buyon oshib bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar qadrining oshishi AQSh kompaniyalariga zarar yetkazishi mumkin