14:07 / 01.11.2018
5 155

O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi oktyabr oyida 1,3 % oshdi

O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi oktyabr oyida 1,3 % oshdi
O‘zbekistonda oktyabr oyida tovar va mahsulotlar narxi o‘tgan oyga nisbatan 1,3 % oshdi. Shu tariqa yanvar-oktyabr uchun umumiy inflyatsiya darajasi 9,5 % teng bo‘ldi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Oktyabr oyida narxlarning oshishiga tovarlar 1,5 %, xizmatlar esa 0,5 % ta’sir o‘tkazdi. Bu holatda inflyatsiya darajasining ko‘tarilishi asosan oziq-ovqat narxlarining oshishiga bog‘liq bo‘ldi.

Aytib o‘tish joizki, tovarlar narxi 2017 yilning oxiriga nisbatan 9,1 foiz, xizmatlar narxi esa 10,7 foiz qimmatlashgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyiga qadar inflyatsiya darajasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan pasayib kelayotgan edi. Sentyabrdan boshlab esa bu ko‘rsatkich yana o‘sishni boshladi. Oktyabr oyida inflyatsiya o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,3 foiz oshdi.

O‘zbekistonda yanvar-sentyabr oylarida iste’mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 8,1 foizni tashkil qilgan edi. Sentyabr oyining o‘zida tovar va xizmatlar narxi 1,8 foiz oshgan.

Markaziy bank yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasini 11,5-13,5 foiz oralig‘ida prognoz qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi oktyabr oyida 1,3 % oshdi