13:20 / 05.11.2018
3 955

Bular bir nimani biladi-yov... Qator davlatlar oltin zahiralarini oshirmoqda

Bular bir nimani biladi-yov... Qator davlatlar oltin zahiralarini oshirmoqda
Umumjahon Oltin Kengashi (WGC) o‘zining hisobotida aytishiga qaraganda, Rossiya Banki 2018 yilning 9 oyi davomida 92,2 tonna oltin sotib olgan. Bu UOK tarixida qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan eng yirik xarid bo‘lgan, deb yozadi Sputnik.

Ayni damda Rossiya oltin zahiralari 2000 tonnadan ortib, dunyodagi barcha oltin zahiralarining 17% ini tashkil qildi.

Shuni qayd etish kerak-ki, so‘nggi vaqtlarda oltin sotib olish bo‘yicha nafaqat Rossiya, balkim boshqa mamlakatlar ham rekord qo‘ymoqda. UOKning so‘nggi hisoboti bo‘yicha, 2018 yilning 3 kvartalida dunyo mamlakatlari Markaziy Banklari oxirgi 148,4 tonna oltin sotib olishdi. Bu o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 22% ga ko‘p.

2018 yilda eng ko‘p oltin sotib olgan mamlakatlar qatoriga Qozog‘iston, Turkiya, Polsha, Hindiston ham qo‘shilgan. Vengriya bo‘lsa oltin sotib olish bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatgan. Ushbu mamlakat yil davomida o‘z oltin zahiralarini 10 baravarga oshirgan - 3,1 tonnadan 31,5 tonnagacha.

Yirik xaridorlar oltin sotib olishda, albatta, juda ehtiyotkor harakat qilishadi. Hech kim oldindan men bu yil 100 tonna oltin sotib olaman deb e’lon qilmaydi. Aks holda yirik buyurtma paydo bo‘lganda taklif narxi ham keskin oshishi mumkin. Markaziy banklar sekin-sekin, kichik partiyalar bilan, doimiy ravishda sotib olishda davom etadi.

Lekin shunga qaramasdan, ushbu bozori chaqqon mahsulotning narxi oshishi ham tabiiydir. Avgust oyida Bir troya unsiyasi uchun 1178 dollar bo‘lgan oltin 29 oktyabrda - 1230,8 dollardan sotilishi kuzatildi.

Xo‘sh, nega Markaziy banklar oltinni bunchalik yaxshi ko‘rib qolishdi?

Oltinga talab va uning narxi oshishi uni yana, eng qadrli tovarga – xalqaro ayirboshlash va mablag‘ni ishonchli saqlash vositasiga aylantirayotganga o‘xshaydi. Oldinlari “oltin jamlash” trendi 3-4 mamlakatni qamrab olgan bo‘lsa, endi bunday mamlakatlar soni 10 dan ortgan. Qolgan ko‘plab malakatlar oltin jamlamasada, o‘z oltin zahiralarini sotishni to‘xtatgan.

Ya’ni, Bretton-Vud va Yamaykada imzolangan, dunyo rezerv valyutasi haqidagi shartnomaning tagiga suv quyilayotganidan darak beradi. Ya’ni, insoniyat tarixida eng yirik piramida, bo‘sh pufak bo‘lgan – dollarning sanoqli kunlari qolganidan dalolat berishi mumkin.

AQSh dunyoda tadbir etgan moliyaviy tizimining kuni bitayotganidan yana bir necha omillar ham dalolat berishi mumkin:
  • Biror tizim yoki mantiqqa asoslanmagan iqtisodiy siyosat;
  • Istalgan mamlakatni iqtisodiy nishonga olish, sanksiyalar kiritish, milliy valyutasi kursini barbod qilish;
  • Dunyo iqtisodiyotining eng yirik ishtirokchilari bo‘lgan Xitoy va YeI bilan bir vaqtning o‘zida iqtisodiy urush olib borish;
  • AQShning ichki siyosatida yuz berayotgan turli hodisalar;
  • Bundan nostabil sharoitda, tabiiyki iqtisodiyotining yirik sub’ektlari ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘yishga majbur bo‘lishadi.

Xususan, ma’lum vaziyatlarda o‘z qiymatini yo‘qotishi mumkin bo‘lgan nostabil manbaaning aktivlaridan imkon qadar xalos bo‘lishga harakat qiladi.

Rossiya 2014 yildan boshlab Amerika obligatsiyalaridan voz kechishni boshladi. Ayni damda Rossiya Markaziy Banki ixtiyorida bo‘lgan AQSh obligatsiyalari miqdori 2010 yilga nisbatan 12 baravarga kamaydi. 2018 yilning boshidan buyon esa 6 baravarga: 96 mlrd dollardan – 14,9 mlrd dollargacha.

Bu esa faqat bir narsadan - oldin “tinchlik va barqarorlik oroli” va har qanday krizisdan mablag‘ni saqlab qoluvchi “ishonchli vosita” hisoblangan - AQSh dollari va AQSh davlat obligatsiyalari bugungi kunda o‘z maqomini yo‘qotayotganidan dalolat beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bular bir nimani biladi-yov... Qator davlatlar oltin zahiralarini oshirmoqda