13:46 / 06.11.2018
4 106

“Farishta investorlar” kimlar?

“Farishta investorlar” kimlar?
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ta’lim jarayoniga innovatsion metodikalarni joriy etish, o‘quv dasturlarini ishlab chiqarish bilan hamohangligini ta’minlash va eng asosiysi, professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida “Innovatsion menejment” o‘quv-trening malaka oshirish kurslari o‘tkazildi. Mazkur kurslar OTMlarning ilmiy-ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilm-fan bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun tashkil etildi. Yaqinda uni muvaffaqiyatli yakunlagan prorektor va direktor o‘rinbosarlari sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu o‘quv-treningda OTM va OTMlarda innovatsion faoliyat asoslari, ”Ilmiy tadqiqotlar innovatsion ishlanmalar tanlovini tashkil qilish hamda ilmiy faoliyatni innovatsion rivojlantirish istiqbollari”, “Innovatsion tadbirkorlik va uni moliyalashtirish” kabi mavzular keng yoritildi.

Jumladan, lektorlardan biri – Innovatsion ishlanmalarni joriy etish markazi xodimi Q.Abdurazzoqov innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning noan’anaviy usullari bo‘lgan farishta investorlar (angel investors) va venchur kompaniyalarning amaliy tamoyillari hamda investitsiya shartlari haqida ma’lumotlar berdi. Hayotiy misollardan foydalanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarga investitsiya jalb etish, investorlar bilan ishlash yo‘llari muhokama qilindi.

Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlar biznes doiralarida e’tiborli o‘rin egallagan “farishta investor”lar va venchur fondlari mamlakat iqtisodiyotini o‘sishiga xizmat qilib kelmoqda. Venchur fondlari, “farishta investorlar” kabi iboralar ko‘pchilik uchun yangi tushunchalar bo‘lgani bois ularning mohiyati, faoliyat yuritish tartibi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi. “Risk kapitali”,ba’zi xollarda “pay kapitali” (equity sapital)deb nomlanadigan bunday turdagi investitsiya manbalari, atamalar mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, ma’lum ulush evaziga tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan innovatsion loyihalarni, startaplarni moliyalashtirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlash funksiyasini bajaruvchi akseleratorlar tomonidan saralab olingan startaplar bir necha oylik tayyorlov dasturlarini o‘taganlaridan so‘ng o‘z loyihalarini farishta investorlar oldida namoyish qiladilar. Ulardan muvaffaqiyat qozonish ehtimoli yuqori bo‘lgan, “farishtalar” tomonidan munosib ko‘rilganlariga firmaning ma’lum ulushi evaziga investitsiya kiritiladi.“Farishtalar” aksariyat hollarda tajribali mohir tadbirkorlar bo‘lib, startaplar muvaffaqiyatidan manfaatdor ekanliklari sabab ham o‘z fikr va maslahatlari bilan ko‘mak beradilar.

Treningda akseleratsiya markazlari innovatsion faoliyatni oshirishda qanday rol o‘ynashi haqida ham aytib o‘tildi. Trening davomida prorektorlarni qiziqtirgan boshqa savollar ham muhokama qilindi.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi olti oylik bepul startap-akseleratorlar tashkil etish arafasida turibdi. Shu munosabat bilan Ilg‘or texnologiyalar markazi startap akseleratorning potensial ishtirokchilari uchun maxsus seminarlar tashkil etgan bo‘lib, tadbirda noan’anaviy fikrlash, jamoada ishlash, akseleratorda ishtirok etish qoidalari va bosqichlari, interfaol o‘yinlar, yangi loyihalar taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda. Bu ham bo‘lsa, yurtimizda yuqori texnologiyalar va innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish ishlari faollashayotganidan dalolatdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Farishta investorlar” kimlar?