21:21 / 08.11.2018
4 618

XVJ: O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi

XVJ: O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi
O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi. Ayni damda inflyatsiya 16 foizni tashkil qilmoqda. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo bo‘yicha departament direktorining maslahatchisi Albert Yeger O‘zbekiston Moliya vaziri va Markaziy bank raisi bilan bo‘lgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Uning fikricha, narxlar liberalizatsiyasi davrida inflyatsiyaning yuqori darajada bo‘lishi kutilgan edi.

Ekspertning ta’kidlashicha, davlat imtiyozli kreditlarini kamaytirishi lozim. Bu yil umumiy kreditlar hajmi o‘tgan yilgiga nisbatan 44 foiz oshgan. Bu esa inflyatsiyani oshiradi. Bundan tashqari, soliq sohasida o‘tkazilishi kutilayotgan islohotlar davlat daromadlarini kamaytirib yuboradi.

Oldinroq, XVJ delegatsiyasining yakuniy bayonotida O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi narxlar va oylik qiymati o‘sishiga qaramasdan 2019 yil oxirida 12-14 foizgacha tushadi deyilgan edi.

Ammo Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda oktyabr oyida tovar va mahsulotlar narxi o‘tgan oyga nisbatan 1,3 % oshgan. Shu tariqa yanvar-oktyabr uchun umumiy inflyatsiya darajasi 9,5 foizga teng bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » XVJ: O‘zbekistonda 2018 yil yakunida inflyatsiya 18 foizni tashkil qiladi