O‘zbekiston aholisi bir oyda o‘rtacha 200-250 mln AQSh dollari miqdorida valyuta ayirboshlamoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lumot berdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga qaraganda, birinchi yarim yillik mobaynida banklar aholidan deyarli 1,3 mlrd AQSh dollari miqdoridagi valyutani sotib olgan.
Raisning ta’kidlashicha, valyuta kursining liberalizatsiyasigacha valyuta birjasida bir oyda umumiy hisobda 700 mln AQSh dollari miqdorida savdolar amalga oshirilgan bo‘lsa, liberalizatsiyadan so‘ng savdolar hajmi 2,3 mlrd AQSh dollarini tashkil qilmoqda.
Joriy yilning sentyabr oyida O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 463,5 mln AQSh dollariga kamaydi va 1 oktyabr holatiga ko‘ra, 26,4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Oltin-valyuta zaxirasining kamayishiga asosiy sabab zaxiradagi xorijiy valyutaning kamayishi hisoblanadi.
Aholiga valyutani ayirboshlash uchun qulaylik yaratish maqsadida valyutalarni komissiyasiz konvertatsiya qilish mumkin bo‘lgan yangi bankomatlar o‘rnatilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi