19:08 / 09.11.2018
4 471

Dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 21 so‘mga oshadi

Dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 21 so‘mga oshadi
Markaziy bank dushanbadan dollarning rasmiy kursini 21 so‘mga oshirishi kutilmoqda, natijada rasmiy kurs 8271 so‘mni tashkil qiladi. Bu valyuta bo‘yicha haftalik savdolar orqali tasdiqlanadi.

Noyabr oyining birinchi haftasida valyuta birjasida dollar kursi 13 so‘mga oshgan. Hafta davomida valyuta savdosining umumiy hajmi 430 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan haftaga nisbatan 57 mln AQSh dollariga ko‘p.

Avgust oyining boshida rasmiy kurs 1 AQSh dollar uchun 7783 so‘mni tashkil etgandi. Ushbu muddatdan to hozirgacha AQSh dollari kursi 488 so‘mga oshdi.

Rasmiy dollar kursi har hafta dushanba kuni Markaziy bank tomonidan o‘tgan haftadagi valyuta birjasi kurslari bo‘yicha belgilanadi.

Birja kurslari esa kundalik birja savdolari natijasida aniqlanadi.

Dollar ayirboshlash kursi tijorat banklari tomonidan talab va takliflar asosida belgilanadi. Ammo Markaziy bank tijorat banklari uchun valyuta kurslarining yuqori va quyi chegaralarini belgilaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi dushanba kuni 21 so‘mga oshadi