15:13 / 10.11.2018
5 499

O‘zbekistonda 2019 yil yakunida ham davlat byudjetida taqchillik kuzatilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2019 yil yakunida ham davlat byudjetida taqchillik kuzatilishi kutilmoqda
Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi Muxamet Jumagaldiyev ma’lumot berishicha, 2019 yilda davlat byudjeti xarajatlari 107,1 trln so‘m bo‘ladi.

Bu 2018 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 36,4 foiz ko‘p. Bu safar byudjet defitsiti yalpi ichki mahsulot(YaIM)ning 1,1 foiziga teng bo‘lishi kutilayapti. Davlat byudjeti daromadlari esa 102,6 trln so‘mni tashkil qiladi. Natijada 2019 yil yakunida davlat byudjetida 4,5 trln so‘m taqchillik kuzatiladi.

O‘zbekiston davlat byudjeti bu yil ham taqchillik bilan yakunlanishi kutilmoqda. Yil yakunida byudjet daromadlari 74,5 trln so‘mni tashkil etishi kerak bo‘lsa, davlat xarajatlari 78,5 trln so‘mga teng bo‘ladi. Taqchillik miqdori 4 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotning 1-1,5 foizi atrofida bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 2019 yil yakunida ham davlat byudjetida taqchillik kuzatilishi kutilmoqda