17:38 / 16.11.2018
3 788

Dollar kursi 8300 so‘mga yaqinlashmoqda, keyingi haftada yana 6 so‘mga oshadi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keyingi dushanbadan 8277,5 so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. O‘tgan haftaga nisbatan kurs 6 so‘mga oshadi. Bu haqda valyuta birjasidagi haftalik savdo yakunlari dalolat beradi.

Joriy hafta davomida valyuta birjasida dollar kursi 11 so‘mga oshdi. Dollar savdosining umumiy hajmi esa $400 millionni tashkil qildi.

Oxirgi 3 oyda dollarning rasmiy kursi qariyb 500 so‘mga oshgan. 7 avgustda AQSh dollari kursining joriy yildagi eng past kursi – 7783 so‘mda o‘rnatilgan edi. Markaziy bankning habar berishicha, dollar kursi O‘zbekistonda asosan tashqi omillar sababli oshmoqda. Xususan, O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Turkiyada dollar kursi yil davomida ancha oshgan.

Oldinroq Turon24 dollar kursining oshish sabablari, unga ta’sir qiladigan omillar va yil oxiriga dollar kursi qanchaga yetishi mumkinligi haqida yozgan edi.

Dollarning rasmiy kursi uning birja kursidan farq qiladi. Rasmiy kurs Markaziy bank tomonidan haftasiga bir marta e’lon qilinadi. Birja kursi esa kun yakunida birja savdosidagi talab va taklifga asoslanib aniqlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollar kursi 8300 so‘mga yaqinlashmoqda, keyingi haftada yana 6 so‘mga oshadi