18:57 / 21.11.2018
5 496

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi
«Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokida «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilinadi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining direktorlar kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga «Qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish» loyihasini moliyalashtirish uchun 25 yilga 5 yillik imtiyozli davr bilan 46,2 mln. AQSh dollari miqdoridagi kredit, shuningdek, 300,0 ming AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘lari berilishi ma’qullangan.

Loyihaning umumiy qiymati 84,78 mln. AQSh dollari ekvivalentini, shundan, O‘zbekiston Respublikasining Loyihani amalga oshirishdagi ulushi — 38,28 mln. AQSh dollarini, shu jumladan, soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lash va boshqa sarf-xarajatlarni moliyalashtirish shaklidagi ulush — 15,76 mln. AQSh dollari ekvivalentini, Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklarning ulushi — 11,28 mln. AQSh dollarini, shuningdek, Loyiha ishtirokchilari (benefitsiarlari) ulushi — 11,24 mln. AQSh dollari ekvivalentini tashkil etadi.

Loyihani amalga oshirish davri 6 yil (2018 — 2023 yillar) etib belgilandi.

Belgilanishicha:

Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi;

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi Loyihaning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, Loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligining bosh direktori (Shoahmedov Sh.Sh.), Andijon (Abdurahmonov Sh.K.), Farg‘ona (G‘aniyev Sh.M.) va Namangan (Bozorov X.X.) viloyatlari hokimlari zimmasiga Loyiha doirasidagi tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun kerakli shart-sharoitlarni ta’minlash, Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari va tartib-taomillariga muvofiq zarur hisobotlar va hujjatlarning o‘z vaqtida tayyorlanishi hamda taqdim etilishini tashkil qilish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan quyidagilarni imzolash vakolati beriladi:

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi bilan moliyalashtirish to‘g‘risidagi bitimni;

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining kredit mablag‘larini qaytarish kafolatini ta’minlash bo‘yicha bitimni;

Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda Loyihada ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari bilan Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining kredit mablag‘larini qayta kreditlash bitimlarini.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi