09:54 / 06.12.2018
5 088

Moliya vazirligi: 2021 yilda aholi jon boshiga daromad 2 ming dollarni tashkil etadi

Moliya vazirligi: 2021 yilda aholi jon boshiga daromad 2 ming dollarni tashkil etadi
Moliya vazirligining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekistonda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot (YaIM) 1 956 dollarni tashkil etadi. Bu haqda 5 dekabr kuni "Fuqarolar uchun byudjet ma’lumotlari" byulletini taqdimotida ma’lum qilindi.

2021 yilda mamlakat YaIM hajmi 637,9 trln so‘mni, inflyatsiya darajasi esa 9,9 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 2021 yilda ish bilan band aholi soni 13,2 mln kishini tashkil etadi, deyiladi byullitenda.


Shuningdek, 2021 yilda mamlakat YaIMsida qishloq xo‘jaligi ulushi kamayadi va 13 foizni tashkil etadi. Xizmat ko‘rsatish sohasining YaIMdagi ulushi ortadi va 73,5 foizni tashkil etadi. Hozirda qishloq xo‘jaligining YaIMdagi ulushi 17,5 foizni, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi esa 45 foizni (2018 yilning 9 oyi mobaynida) tashkil etgadi.

Qayd etish joizki, Moliya vazirligining aholi jon boshiga daromad 2000 dollarni tashkil etishi to‘g‘risidagi prognozlari bazis ssenariy asosida hisoblangan. Bunda neft va oltin narxlarining keskin pasayishi, zaxira valyutalarining devalvatsiyasi, inflyatsiya darajasining keskin o‘sishi kabi tashqi ehtimol hisobga olinmagan.


2017 yilda aholi jon boshiga YaIM 7,7 mln so‘mni (948 dollar) tashkil etgandi. Ushbu ko‘rsatkichga ko‘ra, O‘zbekiston qashshoq mamlakatlar ro‘yxatida 8-o‘rinni egallagan.

2018 yilning 9 oyi mobaynida aholi jon boshiga YaIM hajmi 894 dollarni tashkil etgan. Moliya vazirligining progonozicha, 2018 yilning oxiriga qadar aholi jon boshiga YaIM hajmi 1200 dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Moliya vazirligi: 2021 yilda aholi jon boshiga daromad 2 ming dollarni tashkil etadi