AQSh dollarining rasmiy kursi 125 kunda birinchi bor o‘sishdan to‘xtab, 2,2 so‘mga pasaymoqda, deb yozadi Turon24. Prognozga ko‘ra, dushanba (10 dekabr)dan dollar kursi 8312,6 so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda valyuta birjasida savdo yakunlari dalolat beradi.
O‘zbekistonda dollar kursi oxirgi 18 hafta davomida muttasil oshib kelgan edi. Joriy yilning 7 avgustida dollarning eng past kursi – 7783 so‘m darajasida qayd etilgan bo‘lsa, 4 oy davomida dollar 531 so‘mga qimmatlashib, o‘tgan haftada uning kursi 8314 so‘mga yetgan.
Markaziy bank sentyabrda dollar kursining oshib ketishi sababini tushuntirgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda AQSh dollari kursining oshishi mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy va Turkiyada ro‘y berayotgan devalvatsiyaning oqibatida ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi