«O‘zbekneftgaz» rahbari benzin narxi nimaning hisobiga pasayishini aytdi

  • 17 dekabr 2018, 14:12
  • 2 491
  • Iqtisodiyot
  • «O‘zbekneftgaz» rahbari benzin narxi nimaning hisobiga pasayishini aytdi
    «O‘zbekneftgaz» boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov Uzbekistan GTL zavodi qurilishi bo‘yicha moliyaviy hujjatlarni imzolash marosimida nimalar hisobiga mamlakatda benzin narxi tushishi va uning tanqisligi bartaraf etilishi haqida so‘zlab berdi, deya xabar berdi «Daryo.uz»

    Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida GTL zavodi ishga tushirlishi haqida O‘zbekiston prezidenti ob’ekt qurilishini ko‘zdan kechirgan chog‘ida ma’lum qilgandi.

    «Bugungi kunda O‘zbekistonda Buxoro va Farg‘onada ikkita neftni qayta ishlash zavodlari mavjud. Ular xom ashyo bilan ishlaydi — bu O‘zbekistonda qazib olinadigan neft va yetmagan qismi import mahsulotlar», — deydi Ashrafxonov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Uzbekistan GTL sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushganidan so‘ng mamlakatda aviakerosin va dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarila boshlanadi, bu esa ushbu turdagi mahsulotlar importini amalga oshirmaslik imkonini beradi.

    «Natijada biz aviakerosin va dizel ishlab chiqarish uchun import qilinayotgan neftni benzin ishlab chiqarish uchun sarflashimiz mumkin. Bu albatta benzin tannarxi va neft mahsulotlari narxi tushishiga olib keladi», — deydi u.

    Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Toshkentda sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladigan Uzbekistan GTL zavodini qurilishi bo‘yicha qiymati 2,3 milliard AQSh dollarga teng moliyaviy hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Loyihaning umumiy qiymati 3,6 milliard AQSh dollarga teng. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida 3,6 milliard kubometr gaz, 1,5 milliona tonna «Yevro-5» standartlariga javob beradigan sintetik suyuq yoqilg‘i, jumladan, 311 ming tonna aviakerosin, 743 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 431 ming tonna naft va 53 ming tonna siqilgan gaz qayta ishlab chiqariladi.

    Zavod 2020 yilda ishga tushiriladi. U har yili 1,5 million tonnadan ortiq 1 milliard AQSh dollarlik neft mahsulotlari importi o‘rnini bosishini ta’minlaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «O‘zbekneftgaz» rahbari benzin narxi nimaning hisobiga pasayishini aytdi