13:12 / 22.12.2018
3 860

O‘zbekistonda 2019 yilda $13,5 mlrd kapital kiritiladi

O‘zbekistonda 2019 yilda $13,5 mlrd kapital kiritiladi
2019 yilda O‘zbekistonda umumiy hisobda 112 trln 251 mlrd so‘m (13,48 mlrd AQSh dollari – 22.12.18) kapital kiritilishi kutilmoqda. Shulardan 56,5 trln so‘mini (6,8 mlrd AQSh dollari) xorijiy investitsiya tashkil etadi. Bu prezidentning Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida keltirib o‘tilgan.

Qarorga asosan, 4 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga sarf qilinadi. Bundan tashqari, ichimlik suvi ta’minotini va yerlarning meliorativ ahvolini yaxshilashga, avtomobil yo‘llari hamda Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga ham mablag‘lar ajratiladi.

Qaror doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan bir qator investitsion loyihalar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

Oldinroq prezident 2019 yil uchun ishlab chiqilgan investitsion dasturni tasdiqlagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda 2019 yilda $13,5 mlrd kapital kiritiladi