O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
- soliq to‘lovchilarni hisobga olish;
- soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog‘liq ob’ektlarni hisobga olish;
- byudjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushumlarni hisobga olish;
- kameral nazorat;
- xronometraj ko‘zdan kechirish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring;
- soliq tekshiruvlari;
- mavzuli ekspress-o‘rganish;
- fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash;
- aksiz to‘lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;
- davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‘lari davlat daromadiga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini nazorat qilish;
- boshqa majburiy to‘lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish;
- soliq monitoringi». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi