10:48 / 01.01.2019
5 722

QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi

QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, sotuvi bo‘yicha aylanmasi qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod etiluvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatini e’lon qildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi uchun amal qiladi.

Ro‘yxatdan go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, parranda go‘shti), shuningdek, tirik qoramol va parranda, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch (barcha navlar) hamda shakar joy olgan. Qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha imtiyoz non mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishda ham qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » QQSdan ozod etilgan oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati e’lon qilindi