18:36 / 07.01.2019
3 955

Markaziy bank: banklar tomonidan depozitlarga 70 trln so‘m jalb qilindi

Markaziy bank: banklar tomonidan depozitlarga 70 trln so‘m jalb qilindi
Banklar tomonidan jalb qilingan jami depozitlar hajmi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 70 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xabariga ko‘ra, shu jumladan, aholi omonatlari 21%ga oshib, 14,7 trln so‘mga yetgan.

Depozit mablag‘lari tarkibida milliy valyutadagi depozitlar va omonatlar ulushi mos ravishda 62% va 60%gacha oshib, mazkur ko‘rsatkichni bank aktivlarini (resurs) shakllantirishda xorijiy valyutaning ahamiyati pasayganligi sifatida izohlash mumkin.

Shuningdek, bank tizimining jami kredit qo‘yilmalari joriy yil boshiga nisbatan 51 foizga oshib, 2019 yil 1 yanvar holatiga 167 trln so‘mni tashkil etdi.
Kredit qo‘yilmalari dinamikasining ushbu davrida xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 62 foizdan 56 foizga tushib, kamayish tendensiyasiga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Markaziy bank: banklar tomonidan depozitlarga 70 trln so‘m jalb qilindi