22:55 / 08.01.2019
3 390

Soliq qarzini plastik kartalardan so‘zsiz undirish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Soliq qarzini plastik kartalardan so‘zsiz undirish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi
Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi “Soliq qarzini jismoniy shaxslarning bank plastik kartalaridan so‘zsiz undirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom loyihasi bo‘yicha bayonot berdi.
Avvalroq, bu loyiha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan va ijtimoiy tarmoqlarda keskin bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan edi.

Hujjat loyihasida qarzdor jismoniy shaxslarning soliq qarzi bank plastik kartalaridan oyiga eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda so‘zsiz undirib olinishi nazarda tutilgani e’tirozlarni keltirib chiqardi.

Mazkur qaror loyihasi bo‘yicha keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar o‘rganilganda, loyiha puxta tayyorlanmaganligi, Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining takliflari va tavsiyalari inobatga olinmasdan hamda kelishilmasdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilganligi aniqlandi.

Nizom loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining dastlabki muhokamasida jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida:
– o‘z majburiyatlarini bajarishlarida servis xizmatini ko‘rsatish;
– davlat soliq inspeksiyasiga tashrif buyurmasdan soliqlarni to‘lash imkoniyatini yaratish;
– ularning yozma roziligi (kelishuv) asosida plastik kartalaridan har oyda kelishilgan mablag‘larni soliq to‘lashga yo‘naltirish nazarda tutilishi belgilangan edi.

Ammo Nizom loyihasida yuqoridagi norma qayd etilmaganligi aniqlanib, loyiha ishlab chiqilishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklar va mas’uliyatsizligi uchun Davlat soliq qo‘mitasining mas’ul boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan Nizom loyihasi qaytadan ko‘rib chiqilmoqda hamda unda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni undirish faqatgina ularning roziligi asosida amalga oshirilishi belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Soliq qarzini plastik kartalardan so‘zsiz undirish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi