08:16 / 15.01.2019
3 786

QQS kassa chekida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak

QQS kassa chekida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak
Bu haqda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining o‘z hududiy boshqarmalariga yuborilgan 11.01.2019 yildagi xatida ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu tariqa, agar sotuvchi QQS to‘lasa va tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) QQS solinsa, QQS summalari kassa cheki, to‘lov terminali chekining majburiy rekvizitlari hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiyalar hisobvaraq-faktura o‘rnini bosadi (Soliq kodeksining 222-moddasi). Shu tufayli ushbu QQSni hisobga olish uchun xaridor-yuridik shaxsga hisobvaraq-faktura kerak bo‘ladi. Soddalashtirilgan QQS to‘lovchilar tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilarga to‘langan soliq summalarini hisobga olishga haqli emaslar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » QQS kassa chekida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak