08:17 / 24.01.2019
6 408

O‘zbekistonda eng ko‘p mablag‘ qaysi mahsulot importi uchun sarflangani oshkor bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p mablag‘ qaysi mahsulot importi uchun sarflangani oshkor bo‘ldi
Davlat statistika qo‘mitasi 2018 yil davomida O‘zbekistonga import qilingan mahsulotlar hajmi 19,5 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qildi. Bu 2017 yilga nisbatan 39,6 foiz ko‘p demakdir, deb yozadi O‘zA.

Import qilinayotgan tovar va xizmatlar orasida sanoatni qayta jihozlash uchun xarid qilinayotgan zamonaviy mashina va asbob-uskunalar muhim o‘rin tutadi. Bu umumiy import hajmining 42,6 foizini tashkil qiladi. Importning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Janubiy Koreya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ro‘yxatda Qozog‘iston, Turkiya va Germaniya ham yuqori o‘rinlarni egallagan.

Import mahsulotlari orasida oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan mablag‘ 1,6 milliard dollarni tashkil etdi. Shakar, bug‘doy, un, kungaboqar yog‘i, kartoshka va qandolatchilik mahsulotlari xarid qilingan.

Chorva hayvonlari uchun omixta-yem xarid qilishga 132,5 million dollar, dori vositalarini olib kelish uchun esa 852,4 million dollar sarflandi. Farmatsevtika mahsulotlari asosan Ukraina va Hindistondan olib kelingan.

Mamlakatda yangi uy-joylar, inshoot va binolar qurilishi hajmining ortishi hisobiga qurilish materiallariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekistonga 176,5 million dollarlik sement, 621,3 million dollarlik taxta va yog‘och mahsulotlari olib kirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda eng ko‘p mablag‘ qaysi mahsulot importi uchun sarflangani oshkor bo‘ldi