15:27 / 27.01.2019
4 099

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston Heritage Foundation tadqiqot instituti e’lon qilgan 2019-yilgi iqtisodiy erkinlik reytingida 140-o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonga maksimal 100 balldan 53,3 ball berilgan. O‘tgan yilgi reytingda O‘zbekiston 51,5 ball bilan 152-o‘rindan joy olgandi.

Markaziy Osiyodagi respublikalar orasida Qozog‘iston 59, Qirg‘iziston 79, Tojikiston 122 va Turkmaniston 164-o‘rinda qayd etilgan.
Ro‘yxatga jami 180 davlat kiritilgan bo‘lib, 1-o‘rinda 90,2 ball bilan Hongkong, oxirgi o‘rinda 5,9 ball bilan Shimoliy Koreya joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, 140-o‘rinni egalladi