09:25 / 06.02.2019
5 286

GM Uzbekistan Afg‘onistonga avtomobil eksport qila boshlaydi

GM Uzbekistan Afg‘onistonga avtomobil eksport qila boshlaydi
5 fevral kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Avtomobil sanoati: kechagi kun va istiqbollar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda «O‘zavtosanoat» AJ va GM Uzbekistan vakillari ishtirok etdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda iqtisodiyotning barqaror o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu esa 2030 yilga borib har 1000 kishiga 144 ta avtomobil to‘gri kelishini ko‘rsatmoqda. Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda ushbu ko‘rsatkich 1000 kishiga 78 donani tashkil etadi.

Bugungi kunda GM Uzbekistan kompaniyasi Janubiy Koreya, Braziliya, AQSh, Yevropa davlatlaribilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Shu kungacha, GM Uzbekistan AJ korxonasi o‘z mahsulotlarini Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston mamlakatlariga eksport qilibgina qolmay Iordaniya, Livan, Iroq va bir qator Afrika mamlakatlariga ham eksport qilishni yo‘lga qo‘ygan.

Bundan tashqari O‘zbekiston va Afg‘oniston davlatlarining o‘zaro kelishuvlariga muvofiq ushbu davlatga ham yengil avtomobil yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Muayyan natijaga erishishni maqsad qilgan holda ish yuritishni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar o‘laroq o‘tgan 2018 yil mobaynida 25,5 million dollarlik avtomobil va ehtiyot qismlar eksport qilgan bo‘lsa, joriy 2019 yilda ushbu ko‘rsatkichni 118,6 million dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.

GM Uzbekistan 2018 yilda 100 dan ortiq butlovchi qismlarni mahalliylashtirishga erishdi, bu esa o‘z navbatida mahalliylashtirish darajasini 3 foizgacha oshirishga va 14,6 million dollar yillik importni qisqartirishga olib keldi. 2019 yilda 240 dan ortiq detallarni mahalliylashtirish ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida mahalliylashtirish darajasini oshirishni ko‘zda tutadi va yillik importni 17 million dollarga qisqartirishni ko‘zda tutadi.

2018 yilda amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida o‘rtacha bir dona avtomobilga tushayotgan import ulushi 400 dollarga qisqartirilgan bo‘lib, yillik ishlab chiqarish hisobida ushbu ko‘rsatkich 94 million dollarga teng importni qisqartirishga erishildi. 2019 yilda ham ushbu ishlar davom ettirilib, o‘rtacha bir dona avtomobilga qo‘shimcha 110 dollarlik import qisqartirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika hududida jami 76 dona rasmiy dilerlik korxonalari faoliyat olib bormoqda.

2018 yilda kompaniya tomonidan 220 667 dona avtomobil ishlab chiqarildi. Kompaniya tarixida ilk bor 2018 yilning dekabr oyida rekord qayd etildi – 34 117 dona avtomobil ishlab chiqarildi, bu kuniga mingdan ortiq avtomobil degani.

Bugungi bozor talab va sharoitlaridan kelib chiqib, yaqin 3—5 yil davomida kompaniya maxsulotlari portfelini butunlay yangilashni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » GM Uzbekistan Afg‘onistonga avtomobil eksport qila boshlaydi