O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 fevral kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda eksport hajmini oshirish borasidagi eng muhim vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Unda prezident eksportbop mahsulotlar tarkibini diversifikatsiya qilish, eksportda xomashyo bo‘lmagan mahsulotlar ulushini kamida 60 foizga yetkazish zarurligini ta’kidlab, shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasining 2019 – 2025 yillarga mo‘ljallangan milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha muhim topshiriqlar berildi.
Bu borada Qashqadaryo viloyatida ham muayyan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes forumi doirasida Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Oybek Shagazatov hamda “Matanat A” kompaniyasi vitse-prezident Mays Gasimov tomonidan shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, “Matanat A” kompaniyasi tomonidan Qamashi tumaniga 20 million yevrolik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya kiritilib, quruq qurilish aralashmalari, gips buyumlari, gips bloklari va panellari ishlab chiqaradigan zamonaviy zavod barpo etiladi.
“Matanat A” kompaniyasi sement va gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mintaqadagi yetakchi tuzilmalaridan biri sanaladi. Ozarboyjonda ekologik toza va zararli bo‘lmagan qurilish materiallarini ishlab chiqarish borasida ilg‘or. Kompaniya zamonaviy uskuna va texnologiyalarning innovatsion turlari bilan jihozlangan. Shuningdek, ushbu nufuzli muassasa Yevropaning qator davlatlari, jumladan, Rossiya va Turkiyada ham qator korxona va zavodlarga egalik qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi