11:50 / 13.02.2019
4 792

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi

O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Dasturga ko‘ra, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yangi tahrirda ishlab chiqiladi. Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- sohaga oid qonunosti hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish, havolaki normalarni maksimal darajada qisqartirgan holda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga oid barcha jihatlarni tartibga solish;
- xalqaro tajribani chuqur o‘rganish asosida va tadbirkorlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, valyuta operatsiyalarini tartibga solishni soddalashtirish;
- jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z valyuta mablag‘idan erkin foydalanish huquqining kafolatini mustahkamlash;
- mamlakatning iqtisodiy manfaatlarini hisobga olgan holda, kapital harakati bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish;
- valyuta bozori faoliyatini yanada takomillashtirish va erkinlashtirish;
- norezidentlarning O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritishi natijasida olingan mablag‘larini chet el valyutasiga ayirboshlash amaliyotini yanada soddalashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas’ul ijrochi - Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil 1 mart, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil 1 aprel.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda valyuta operatsiyalarini tartibga solish soddalashtiriladi