12:46 / 15.02.2019
5 285

2018 yilning IV choragida so‘m necha foizga qadrsizlangani oshkor qilindi

2018 yilning IV choragida so‘m necha foizga qadrsizlangani oshkor qilindi
2018 yil davomida valyuta kursi ham ichki, ham tashqi omillar ta’sirida shakllanib, o‘zida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifning o‘zaro nisbatini aks ettirdi, deb xabar qilmoqda Markaziy bank.

Qayd etilishicha, ichki valyuta bozorida xorijiy valyuta tushumining ortishi va unga bo‘lgan talabning kamayishi davrida so‘m qadrining oshishi kuzatilgan. Aksincha, xorijiy valyutaga bo‘lgan talab oshgan davrda so‘mning qadrsizlanishi kuzatilgan.

2018 yilning IV choragi davomida so‘m 3,2 foizga (8079,3 so‘m/dollardan 8339,6 so‘m/dollarga) qadrsizlandi. 2018 yil yakunlari bo‘yicha so‘m 2,7 foizga (8120,1 so‘m/dollardan 8339,6 so‘m/dollarga) qadri tushdi hamda uning maksimal va minimal qiymatlari o‘rtasidagi farq 7,3 foizni tashkil qildi.

Valyuta kursining nisbatan barqaror dinamikasi pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi, tashqi o‘zgarishlarning salbiy ta’sirini yumshatilishi hamda valyuta oqimining ko‘payishi kabi omillar bilan qo‘llab-quvvatlandi, deyiladi MB hisobotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2018 yilning IV choragida so‘m necha foizga qadrsizlangani oshkor qilindi