21:46 / 06.03.2019
4 996

XVJ Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavfni maʼlum qildi

XVJ Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavfni maʼlum qildi
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVJ) missiyasining 18 fevral - 4 mart kunlaridagi rasmiy tashrifi boʻyicha yakuniy bayonotda aytilishicha, Oʻzbekiston makroiqtisodiy barqarorligiga kreditlashning haddan ziyod oʻsishi jiddiy xavfga aylandi.

2018 yilda kreditlashning jadal oʻsishi kapital tovarlar importi oqimini moliyalashtirish, shuningdek, avvalgi oʻn yilliklar mobaynida yetarli mablagʻ sarflanmagan uy-joy va infratuzilma qurilishiga investitsiyalarni koʻpaytirish imkonini berdi, deyiladi bayonotda.

“Kelgusida makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavf shundan iborat boʻladiki, uzoq muddatli kredit shovqini inflyatsion bosimni kuchaytiradi va ortiqcha tashqi defitsit paydo boʻlishiga hissa qoʻshadi”, - deya hisoblaydi jamgʻarma ekspertlari.

Bayonotda taʼkidlanishicha, Oʻzbekistonda kreditni moliyalashtirish boʻyicha boy salohiyatli manbalar mavjud: mamlakatning yirik toʻplangan moliyaviy zaxiralari ishlatilishi mumkin; tashqi kreditorlar esa, aftidan, imtiyozli shartlarda qarz berishga tayyor.

Garchi Oʻzbekiston uchun bu makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda yangi qiyinchiliklar tugʻdirsa-da, mamlakat rasmiy organlari keskin oʻsish va kreditlash hajmi pasayishi jarayonlarini oldini olish boʻyicha siyosat choralarini oʻzgartirish zarurligini aniq bilib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » XVJ Oʻzbekiston iqtisodiyoti uchun asosiy xavfni maʼlum qildi