22:38 / 06.03.2019
5 948

XVJ 2019 yil Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish jadallashishini taxmin qildi

XVJ 2019 yil Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish jadallashishini taxmin qildi
2019 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyotining oʻsishi 5,5%ga tashkil qilishi mumkin, bu koʻrsatkich 2018 yilda 5,1%ga teng boʻlgandi, deyiladi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (XVF) missiyasining yakuniy bayonotida.
Missiya prognozlariga koʻra, faol investitsiyalar hisobidan YAIM oʻsishi tezlashadi.

“2018 yilda investitsiyalar shovqiniga qaramay, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarilishi natijalari yomon boʻldi. Bunday natijalarning sababiga noqulay ob-havo sharoitlari va suv yetishmasligi aylandi. 2019 yilda xomashyo tovarlari narxi nisbatan pastligi va tashqi talabning kamayishiga qaramasdan, YAIM oʻsishi, prognozga koʻra, 5,1% dan 5,5% gacha boʻladi”, - deyiladi bayonotda. 2020-2021 yillarda YAIM oʻsishi 6% darajada prognoz qilinmoqda.

Fond ekspertlarining baholashicha, investitsiyalar ish haqining sezilarli oʻsishi bilan ragʻbatlantiradigan xususiy isteʼmol bilan bir qatorda oʻsishning asosiy omili boʻlib qolaveradi.

Prognozlarga koʻra, 2019 yilda iqtisodiyotning rasmiy sektoridagi bandlik oʻsishi ortib boradi, bunga ishchi kuchiga nisbatan past soliqlar hamda ishchilarning legallashuvi turtki beradi.

XVJ prognozlariga koʻra, davlat qarzi oʻrta muddatli istiqbolda moʻtadil boʻladi, ammo davlat korxonalari faoliyatidan tushadigan past daromadlar xatarlardan biri boʻlishi mumkin. YAIMning qariyb 2 foizi miqdoridagi umumiy byudjet defitsiti davlat qarzini moʻtadil darajada barqarorlashtirishga imkon beradi (YAIMdan qariyb 30 foiz), deya hisoblaydi ekspertlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » XVJ 2019 yil Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish jadallashishini taxmin qildi