AQSHning Epsilon Development LLC kompaniyasi Qashqadaryo viloyatidagi “Tolimarjon” konida gaz qazib olishni boshladi. Xabarlarga koʻra, sutkasiga kutilayotgan koʻk yoqilgʻi hajmi 250 ming kub metrni tashkil etadi.
Amerika kompaniyasi joriy yilning fevral oyida “Tolimarjon” gaz konini oʻzlashtirishga kirishdi. Gaz Oʻzbekiston ichki bozorida sotiladi.
Epsilon Development kompaniyasi Oʻzbekistonda gaz qazib olishga 5,2 milliard dollarlik investitsiya kiritishi kutilmoqda.
Avvalroq, Amerika kompaniyasi Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida sezilarli xarajatlar talab qiladigan hamda oʻzlashtirish qiyin boʻlgan konlarda gaz qazib olishini maʼlum qildi. Kelgusi ikki yil ichida Qoʻshma Shtatlar ushbu hududlardagi gaz konlarini oʻzlashtirishga 2 milliard dollar sarmoya kiritmoqchi.
Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi yillarda mamlakatga 11,8 milliard dollar investitsiya kiritildi, ushbu miqdorning 73% neft va gaz sektoriga yoʻnaltirildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi