2018 yilda Rossiyadan Oʻzbekistonga 4 milliard dollar pul oʻtkazmalari amalga oshirilgan, deya xabar beradi Spot.
Ushbu koʻrsatkichga koʻra, Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida birinchi oʻrinni (ikkinchi oʻrinda Tojikiston—2,5 milliard dollar) qolgan barcha mamlakatlar oʻrtasida ikkinchi oʻrinni egallab turibdi (Shveysariya 9,1 milliard dollar bilan birinchi).
Oʻzbekistonga joʻnatilgan pul miqdori oʻrtacha 366 dollarni tashkil etgan. Jami 4 milliard dollardan faqat 1,1 milliard dollari Rossiya Federatsiyasi fuqarolari tomonidan joʻnatilgan, qolgan 2,9 million dollari norezidentlar tomonidan (Oʻzbekiston va qoʻshni davlat fuqarolari).
2018 yilda Rossiyaga Oʻzbekistondan deyarli 10 barobar kam — 397 million dollar pul joʻnatilgan, bu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston MDH mamlakatlari orasida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (Qirgʻiziston, Armaniston va Qozogʻistondan keyin). Rossiyaga bir marta yuborilgan oʻrtacha pul miqdori 943 dollarni tashkil etgan.
Avvalgi yillar bilan taqqoslaganda, Rossiyadan Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari miqdori ortib borayotganini koʻrish mumkin — 2017 yilda 3,9 milliard dollar, 2016 yilda — 2,7 milliard dollar, 2015 yilda — 3 milliard dollar. Eng koʻp pul joʻnatmalari 2014 yilda amalga oshirilgan va 5,6 milliard dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi