08:43 / 20.03.2019
4 992

Oʻzbekistonda ikki oyda import uchun sarflangan 3,35 mlrd dollarga nimalar olib kelindi?

Oʻzbekistonda ikki oyda import uchun sarflangan 3,35 mlrd dollarga nimalar olib kelindi?
Joriy yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,35 mlrd dollarga (oʻsish surʼati 30,3%) teng boʻldi, deb xabar qilmoqda Davlat statistika qoʻmitasi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga toʻgʻri keldi.

2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida respublikaga import qilinayotgan tovar va xizmatlar yanvar-fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 1,67 mlrd dollarga koʻp import qilindi va 3,35 mlrd dollarni tashkil etdi.

Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2019 yilning yanvar-fevral oyi mobaynida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 764,3 mln dollarga koʻp import qilindi va 3,04 mlrd dollarni tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 314,2 mln dollarga yetgan.

2019 yilning yanvar-fevral oyida respublikaga 124dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5ta eng yirik boʻlgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston va Turkiyadan jami import hajmi 2,20 mlrd dollarga teng. Bu esa umumiy import hajmining 65,7%ini tashkil qiladi.

Xizmatlar importi hajmi 314,2 mln dollarni yoki jami import hajmining 9,4%ini tashkil etdi va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 5,1%ga oʻsdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi turizm xizmatlari, transport xizmatlari, moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekistonda ikki oyda import uchun sarflangan 3,35 mlrd dollarga nimalar olib kelindi?