18:45 / 18.03.2019
3 948

Oʻzbekiston shu yilning yanvar-fevral oylarida 1,2 mlrd dollarlik oltin sotdi

Oʻzbekiston shu yilning yanvar-fevral oylarida 1,2 mlrd dollarlik oltin sotdi
2019 yil yanvar — fevral oylarida eksport hajmi 3,03 milliard dollarga (oʻsish surʼati 20,4%) teng boʻldi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Eksport tarkibida tovarlar 86,6 foiz ulushga ega boʻlib, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (16,0%), toʻqimachilik va toʻqimachilik buyumlari (7,5%), oziq-ovqat mahsulotlari (4,2%), shuningdek, qora metallar va undan tayyorlangan buyumlar (1,4%), rangli metallar va undan tayyorlangan buyumlar (4,6%) guruhlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Ushbu uch milliard dollarning yarmidan kamrogʻi oltin hissasiga toʻgʻri keldi - 1,2 milliard dollar. Oltinni hisobga olmaganda, eksport hajmi 45,3 foizga oshib, 1,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Agar 2018 yil bilan solishtiriladigan boʻlsa, eksport tuzilmasida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermagan, ammo 2019 yil yanvar—fevral oylarida oltindan tashqari barcha tovar va xizmatlarning eksport ulushi oshgan.

2018 yilda Oʻzbekiston 2,9 milliard dollarlik oltin sotdi. U eksportdagi eng asosiy tovarlardan biri boʻlib qolmoqda. Masalan, 1,1 milliard dollarlik qora va rangli metallar, 1,6 milliard dollarlik toʻqimachilik mahsulotlari, 1 milliard dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari sotildi.

2018 yil kuzida Oʻzbekiston oltin eksportini toʻxtatdi, bu mamlakatning oltin zaxiralarini koʻpaytirish imkonini berdi. Yil boshida qazib olinadigan va sotiladigan oltin toʻgʻrisidagi maʼlumot endi sir saqlanmasligi maʼlum boʻldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston shu yilning yanvar-fevral oylarida 1,2 mlrd dollarlik oltin sotdi