14:30 / 20.03.2019
4 326

Oʻzbekiston chetdan shakar sotib olishni keskin kamaytirdi

Oʻzbekiston chetdan shakar sotib olishni keskin kamaytirdi
Shakar importi bir necha barobarga kamaydi. Bundan Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak beryapti.
Yanvar-fevral oylarida respublika 18,3 million dollarlik xorij shakarini sotib oldi. Bu 2018 yil yanvar-fevral oyidagi koʻrsatkichga qaraganda deyarli 81 foizga kamdir.

Oʻtgan yillarda Oʻzbekistonda shakar yetishmovchiligi bir necha bor kuzatildi. Bunday holatlardan biri 2015 yilda roʻy bergan boʻlib, oʻshanda shakarning chakana narxlari keskin oshgandi.

2017 yilda shakar olib kirishga bojxona bojlari bekor qilindi, bu mamlakatga xorijiy shakar uchun yoʻl ochdi. Shundan keyin, Rossiya shakari birinchi marta peshtaxtalarda paydo boʻldi.

Import qilingan shakar tufayli nafaqat Oʻzbekiston aholisining ehtiyojlari qondirildi, balki narx pasaytirildi, deya taʼkidlab oʻtishgandi “Oʻzbekoziqovqatxolding”dan.

2018 yil mobaynida Oʻzbekiston amalda import qilingan shakar isteʼmol qildi, sababi, hisob-kitoblarga koʻra, mahalliy zavodlar deyarli ishlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston chetdan shakar sotib olishni keskin kamaytirdi