09:47 / 25.03.2019
4 831

Kimlar mol-mulk soligʻidan ozod etilgan?

Kimlar mol-mulk soligʻidan ozod etilgan?
Oʻzbekistonda qator shaxslar mol-mulk soligʻidan ozod etilgan, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi telegram kanali.

Xususan, quyidagi jismoniy shaxslar mol-mulk (uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, garajlar va boshqa imoratlar, joylar, inshootlar) soligʻidan ozod etilgan:
  • “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor boʻlgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz tegishincha guvohnoma, orden daftarchasi yoki mudofaa boʻlimining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
  • urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz tegishli guvohnoma yoki mudofaa ishlari boʻlimining yoxud boshqa vakolatli organning maʼlumotnomasi asosida beriladi;
  • oʻn nafar va undan ortiq bolalari bor ayollar. Mazkur imtiyoz mahalla yigʻinining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
  • pensionerlar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi;
  • I va II guruh nogironlari. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining maʼlumotnomasi asosida beriladi;
  • harbiy xizmatni yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chogʻida yaralanganligi, kontuziya boʻlganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda boʻlish bilan bogʻliq kasallik tufayli halok boʻlgan harbiy xizmatchilar hamda ichki ishlar organlari xodimlari ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari). Imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tegishli organlar tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida beriladi;
  • energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda muqobil energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — muqobil energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga. Imtiyoz energiya taʼminoti tashkilotlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Kimlar mol-mulk soligʻidan ozod etilgan?