19:47 / 31.03.2019
3 731

“Gaz zapravka”larga gaz arzonroq yetkazib berilishi boshlandi

“Gaz zapravka”larga gaz arzonroq yetkazib berilishi boshlandi
Oʻzbekiston boʻyicha avtomobillarga metan gaz quyish shoxobchalari — gaz toʻldirish kompressor stansiyalarida narx tushishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan limitdan tashqari gaz va energiya isteʼmoli uchun tarif narxlari qayta koʻrib chiqildi. Endilikda AGTSda belgilangan meʼyordan tashqari energiya sarfi uchun 1,15 (avval 1,5 boʻlgan) koeffitsientda tarif narxi belgilandi.

Shuningdek, limitdan tashqari gaz sarfi uchun 1,4 koeffitsientda (avval 2 boʻlgan) toʻlov amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

2018 yil 16 noyabrga qadar AGTKS uchun yetkazib berilayotgan gazning kubometri 789,74 soʻm (289,74 + 500) boʻlgandi. Limitdan ortiq sarf etilgan gaz uchun 1079,48 soʻm (289,74x2 + 500) miqdorida toʻlov undirilgan. Tabiiy gaz isteʼmoli uchun narx oshirilishi munosabati bilan AGTKS uchun 1 kubometr gaz 800 soʻm, limitdan tashqari esa 1600 soʻmga yetkazilishi maʼlum boʻldi.

Yuzaga kelgan noqulaylik maʼlum vaqt xizmat narxining oshib ketishi, norozilikka sabab boʻldi. Ayni paytda limitdan tashqari gazning 1 kubometri uchun 1120 soʻm (800x1,4) narx belgilanmoqda.

Shuning bilan 2018 yil 16 noyabrga qadar “gaz zapravka”larda kuzatilgan narx siyosati yana amalda qayta tiklanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » “Gaz zapravka”larga gaz arzonroq yetkazib berilishi boshlandi