08:15 / 01.04.2019
3 497

OKMK Afgʻonistonga mahsulot eksport qila boshladi

OKMK Afgʻonistonga mahsulot eksport qila boshladi
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Afgʻoniston Islom Respublikasiga mahsulot eksport qilishni boshladi. “Olmaliq KMK” matbuot xizmati xabariga koʻra mart oyida Sheroboddagi sement zavodi mahsulotlari qoʻshni mamlakatga eksport uchun yuborilgan.

«2018 yil ishga tushirilgan va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibida oʻz faoliyatini boshlagan Sherobod sement zavodida ishlab chiqarilgan PS 400 D20 markali kulrang sement qoʻshni Afgʻoniston Islom Respublikasiga eksport qilindi.

Afgʻonistonning “Hamid Company LTD” kompaniyasi qurilishda muhim sanalgan kombinatning xaridorgir sement mahsulotidan jami 960 tonna sement sotib oldi va bu kabi hamkorlik yana davom etadi», deyiladi xabarda.

15 ta vagonga ortilgan sement mahsulotlari “Mozari-Sharif” stansiyasiga yetkazilgan.
Qayd etilishicha, “Olmaliq KMK” kelishuv doirasida yil davomida 900 ming tonna kulrang sementni Afgʻonistonga yetkazib beradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » OKMK Afgʻonistonga mahsulot eksport qila boshladi