2018 yilda investorlar Oʻzbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketdi

  • 01 aprel 2019, 11:26
  • 694
  • Iqtisodiyot
  • 2018 yilda investorlar Oʻzbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketdi
    2018 yilda Oʻzbekistondan investitsiyalar repatriatsiyasi hajmi 1,194 mlrd dollarni tashkil etdi, bu koʻrsatkich 2017 yilda 779,8 mln dollarga teng boʻlgandi. Bu haqda Oʻzbekiston Markaziy banki xabar qilmoqda.

    Idora maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida xorijiy investorlarga toʻlovlar 1,03 mlrd dollarni tashkil qildi. 2017 yilda bu raqam 524,4 mln dollar teng edi.

    2018 yilda bosh kompaniyalardan olingan qarzlarning soʻndirilishiga 166 mln dollar yoʻnaltirildi, 2017 yilda bu koʻrsatkich 255,4 mln dollar boʻlgan.
    Bundan oldin, Oʻzbekistonning tashqi qarzi 17,3 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.

    Manba: Kun.uz

    » » 2018 yilda investorlar Oʻzbekistondan 1,194 mlrd dollar olib chiqib ketdi