Rossiya rublining zaiflashuvi Oʻzbekiston aholisi daromadiga qanday taʼsir koʻrsatdi?

  • 01 aprel 2019, 14:30
  • 1 118
  • Iqtisodiyot
  • Rossiya rublining zaiflashuvi Oʻzbekiston aholisi daromadiga qanday taʼsir koʻrsatdi?
    2018 yilda Oʻzbekistonga chet eldan 5,1 milliard dollar oʻtkazilgan, deb xabar bermoqda Markaziy bank. Oʻtkazmalar hajmi uch yildan beri oʻsib boryapti - 2016 yilda 3,7 mlrd dollar, 2017 yilda 4,8 mlrd dollar.

    Pul, asosan, Rossiyadan yuborilyapti. MB maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda u yerdan 3,9 milliard dollar joʻnatildi. Qozogʻiston ikkinchi oʻrinda - 320 million dollar yuborildi. Yaʼni, birinchi va ikkinchi oʻrin orasidagi farq 10 barobardan ziyod.

    Chet eldan pul oʻtkazmalari oʻzbekistonliklar daromadining asosiy manbalaridan biri sanaladi, sababi birlamchi daromadlar hisobining saldosi qisqa muddatli ishchilar daromadlari evaziga musbat boʻlib, 1,5 mlrd dollarni (2017 yilda 1,2 mlrd dollarni) tashkil qildi.

    Birlamchi daromadlar moddasi boʻyicha qisqa muddatli ishchilar (mehnat migrantlari) tomonidan olingan ish xaqi asosiy manba boʻlib, 2,9 mlrd dollarni (2017 yilda 2,5 mlrd dollarni) tashkil qildi. Tushumlar yilning II-III choraklarida nisbatan yuqori boʻlib, mavsumiylikni namoyish qiladi.

    Ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi 2017 yilga nisbatan deyarli oʻzgarmagan holda 4,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

    “2018 yilda ikkilamchi daromadlar oʻsishining turgʻunligi, asosan uzoq muddatli mehnat migrantlarini qabul qiluvchi chet el mamlakatlaridagi shart sharoitlar natijasidir”, - deyiladi hisobotda.

    Rezident jismoniy shaxslarga (uy xoʻjaliklariga) chet eldan transfert oʻtkazmalari ikkilamchi daromadlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Shuningdek, uy xoʻjaliklariga transfert oʻtkazmalari asosan xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari orqali amalga oshiriladi:

    Ikkilamchi daromadlarning kelib tushishi ham mavsumiy harakterga ega. Shu bilan birga, Oʻzbekiston fuqarolariga kelib tushuvchi transchegaraviy pul oʻtkazmalarining bir qismi ularning doimiy ravishda chet elda boʻlgan yoki yashaydigan qarindoshlari tomonidan joʻnatiladi:

    MBning taʼkidlashicha, pul oʻtkazmalari amaliyotidan nafaqat norezidentlar (bir yildan ortiq muddat davomida chet elda boʻlgan ishchilar) yoki qisqa muddatli ishchilar oilalariga yordam yuborish maqsadida, balki, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Shu sababli rezident-jismoniy shaxslarga pul oʻtkazmalari va naqd koʻrinishda olib kirilgan mablagʻlar miqdori mokkilik eksporti hajmiga kamaytiriladi. Rezident-jismoniy shaxslarning pul oʻtkazmalari va naqd koʻrinishda olib chiqilgan mablagʻlari hamda mokkilik importi boʻyicha oʻxshash jarayon qoʻllaniladi.

    Manba: Kun.uz

    » » Rossiya rublining zaiflashuvi Oʻzbekiston aholisi daromadiga qanday taʼsir koʻrsatdi?