22:30 / 01.04.2019
3 764

Oʻzbekiston uch yilda qancha oltin eksport qilgani maʼlum boʻldi

Oʻzbekiston uch yilda qancha oltin eksport qilgani maʼlum boʻldi
Soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekiston 220 tonna oltin eksport qildi, bundan Markaziy bank maʼlumotlari darak beryapti.

Xususan, idora maʼlumotlariga koʻra, oltin eksporti 2016 yilda 70 tonnani tashkil etgan. Qiymat jihatidan bu 2,7 mlrd dollardan ortiqqa teng. 2017 yilda qimmatbaho metall eksporti 80 tonnani yoki 3,1 milliard dollarni tashkil etdi.

2018 yilda Oʻzbekiston 70 tonna oltinni 2,9 mlrd dollarga eksport qildi (Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari). Markaziy bank hisobotiga koʻra, tovarlar eksporti hajmi 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshdi. Shu bilan birga, oltinning qiymati (umumiy eksport hajmidan 25,5%) oʻrtacha yillik narx oʻsishi hisobiga ortdi.

Markaziy bank prognoziga koʻra, 2019 yilda oltinning oʻrtacha narxi oʻsishda davom etadi va bir troy unsiyasi uchun 1320 dollar boʻladi. Bunday prognozlarda joriy yilda qimmatbaho metall eksporti Oʻzbekistonga 3,2 milliard dollardan koʻproq pul keltirishi mumkin.

2016-2018 yillarda xomashyo tovarlari eksporti hajmi (oltin va tabiiy gaz) eksport umumiy hajmidan 60-70 foizni tashkil etdi. Tovarlar eksporti umumiy hajmidan taxminan 80 foizi besh davlat hissasiga toʻgʻri keladi, shundan 30-35 foizi - Shveysariyaga (oltin).

Bundan oldin, Oʻzbekiston qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar importiga xarajatlarni oshirgani xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Oʻzbekiston uch yilda qancha oltin eksport qilgani maʼlum boʻldi