15:30 / 03.04.2019
3 295

Ekspert: “Oʻzbekiston Sberbank yoki VTB kabi kuchli oʻyinchilarni mamlakatga kiritmaydi”

Ekspert: “Oʻzbekiston Sberbank yoki VTB kabi kuchli oʻyinchilarni mamlakatga kiritmaydi”
“Finam” investitsiya kompaniyasi tahlilchisi Aleksey Korenevning ishonch bildirishicha, Oʻzbekiston hali ham yopiq mamlakatdir. Hatto Markaziy Osiyodagi boshqa respublikalar meʼyorlari boʻyicha ham. Bu haqda xorij matbuotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Uning fikriga koʻra, shu sababli moliyaviy tizim haqida maʼlumot koʻp emas, oʻzi juda kuchsiz rivojlangan va bir qator tizimli kamchiliklarga ega.

“Mamlakat bank sektorining 86 foizi davlatga tegishli. Banklar oʻzining kredit muassasalari boʻyicha klassik funksiyalarini emas, balki turli vazirlik va idoralar uchun ham kreditlovchi, ham pul beruvchi ishini bajarmoqda. Umuman olganda, bu shunchaki katta keptiv banklar boʻlib, faqat oʻzi «bogʻlangan” maʼlum idoralar korxonalariga kredit beradi va boshqa xizmat turlarini taqdim etadi. Shu bilan birga, barcha kredit muassasalari davlat tomonidan qatʼiy tartibga soluvchi taʼsirga ega, undan tegishli subsidiyalar ham olishadi», - deya izoh berdi tahlilchi.

Shunga qaramay, vaqti-vaqti bilan sobiq SSSR respublikalari va uzoq xorij davlatlarining baʼzi kredit tashkilotlari Oʻzbekiston bank bozoriga kirishga urinmoqda. Ular orasida Gruziyaning TBC Bankʻi, shuningdek, gʻarbning Sturgeon Capital va Shveysariyadan boʻlgan yirik investor Respons Ability bor.

Rossiyaning Sberbank yoki VTB kabi yirik oʻyinchilari Oʻzbekiston bozoriga kirishi ehtimoli juda kam, deya hisoblaydi Korenev. Uning fikriga koʻra, respublika rasmiylari bunday kuchli oʻyinchilardan ochiqdan-ochiq xavfsiramoqda va ularni oʻz moliyaviy tizimiga yaqinlashtirishga shoshilmayapti.

“Oʻzbekiston moliya sektorining rivojlanish istiqbollari yaqin yillar uchun juda noaniqdir. Bunda turli xil ssenariylar bor, ammo u ochiq, diversifikatsiyalangan, ommaviy chakana isteʼmolchiga yoʻnaltirilgan va xorijiy sarmoyadorlar uchun qulay boʻlishi mumkinligi ehtimoldan yiroq”, - deya taʼkidlab oʻtdi Aleksey Korenev.

Yana bir ekspert, Rasul Rismambetovning fikricha, Oʻzbekiston mamlakat bozori sifatida iqtisodiyot tuzilmalari turlicha ekani tufayli Qozogʻistonga raqobatchi emas.

Uning soʻzlariga koʻra, agar raqobat haqida gapirilsa, unda bu bitta mintaqaviy bozorda ishlaydigan va oʻxshash mahsulot ishlab chiqaradigan xususiy kompaniyalar oʻrtasida yuz berishi mumkin.

“Umuman olganda, Qozogʻiston va Oʻzbekiston haqida gap ketganda, men ularni bir birini toʻldiruvchi bozorlar sifatida koʻraman. Oʻzbekistonga investitsiyalar jalb qilish Qozogʻiston investitsion muhitiga ijobiy taʼsir qiladi va aksincha. Qozogʻistonda faoliyat yuritayotgan koʻplab kompaniyalar Oʻzbekistondagi ijobiy oʻzgarishlardan juda mamnun. Boy qoʻshni - bizning boyligimiz garovi”, - deya taʼkidlab oʻtdi ekspert.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ekspert: “Oʻzbekiston Sberbank yoki VTB kabi kuchli oʻyinchilarni mamlakatga kiritmaydi”